Nukusda “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi doirasida trening o‘tkazildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Yuksalish” harakati, "Search for Common Ground" xalqaro notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda #Yoshxabardor: “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Loyiha doirasida 16 dan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun turkum treninglar o'tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlarning dastlabkisi 18-19-aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida bo'lib o'tdi.

Treningda tibbiyot va taʼlim sohalarida, ishga kirishdagi mavjud korrupsiyaviy holatlar va ularga qarshi kurashish bo'yicha huquqiy maslahatlar, zarur tavsiyalar berildi.
Trening ishtirokchilari endilikda ana shu bilim-ko'nikmalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid kichik loyihalar ishlab chiqib, taqdimot qiladi.

Eslatib o'tamiz, yoshlar uchun navbatdagi treninglar Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida o'tkaziladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati