Virtual qabulxona

Notariat sohasida korrupsiyaning oldini olish ishlari jadallashtiriladi

Asosiy yangiliklar 1 745 marta körilgan

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Memorandumda notariat sohasida quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

➖vujudga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarini tizimli tahlil qilish;

➖korrupsiya xavf-xatarlari yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash;

➖korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;

➖notariat faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash va boshqalar.

Hamkorlik Memorandumini imzolashga bag‘ishlangan marosim doirasida 9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida Notarial palata tomonidan o‘tkazilgan “Notariuslar korrupsiyaga qarshi” videoroliklar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

G‘olib va sovrindorlarga Agentlik hamda Palata rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar