Virtual qabulxona

Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish bo'yicha tanlov eʼlon qilindi

Asosiy yangiliklar 2 335 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi buyurtmasiga asosan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov eʼlon qilindi.

Tanlovda NNTlar korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga NNTlarni kengroq jalb etish bo'yicha (kamida 14 ta hududni qamrab olgan holda 12 ta) turkum seminar va amaliy tadbirlar tashkil etishga qaratilgan loyihalar bilan ishtirok etishi mumkin.

Davlat ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag' — 400 mln so‘m

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar joriy yilning 2-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlov shartlari va ariza namunalari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar