Virtual qabulxona

NNT rahbarlari bilan korrupsiya qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 745 marta körilgan

Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida oʻz malaka va bilimlarini oshirayotgan 67 nafar NNT rahbarlari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o'rinbosari Umida Tuxtasheva bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, OAV, NNT vakillarini keng jalb qilish, sohadagi islohotlar ijrosini taʼminlashda ularning ishtirokini kuchaytirish va faolligini oshirish, shuningdek, bu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mamlakatda korrupsiyaning oldini olish bo’yicha fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati doirasida turkum tadbirlar, grant loyihalari va davlat ijtimoiy buyurtmalarini amalga oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar