“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda korrupsiyaning oldini olish choralari amaliy natija bermoqda
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda xalqaro talablar asosida korrupsiyaning oldini olish choralari ko'rib borilmoqda.

Aksiyadorlik jamiyatining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan:
1400 ta funksiya tahlil qilinib, 2 ta "yuqori", 34 ta "o‘rta" va 1364 ta "past" darajadagi korrupsiogen xavf aniqlandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi;

3629 ta ichki idoraviy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 134 ta hujjat amaldagi normativ-huquqiy va ichki talablarga muvofiqlashtirildi;
6748 nafar xodim ishtirokida 82 ta huquqiy targ‘ibot va profilaktik tadbirlar tashkil etildi;
1331 nafar xodimning mehnat shartnomalariga hamda 6332 ta xo‘jalik shartnomasiga korrupsiyaga qarshi shartlar kiritildi;

Korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori bo'lgan lavozimlarda xizmat qiluvchi 302 nafar xodimlar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” platformasida o‘qitildi.
Shu kabi tizimli chora-tadbirlar natijasida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati “ISO 37301:2021 xalqaro muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi.
Mazkur natija komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini yanada rivojlantirish uchun mustahkam institutsional asos yaratib, jamiyat faoliyatining ochiqligi va ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda komplayens hamda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlarini takomillashtirish, xavf-xatarlarni samarali boshqarish, shuningdek, barcha faoliyat yo‘nalishlarida shaffoflik va qonuniylik tamoyillarini ta‘minlash borasidagi amaliy hamkorlik izchil davom ettiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati