Virtual qabulxona

Natijadan qat’i nazar, birdamlik va fidoyilik kuchi bilan yangi tarix yozildi

Asosiy yangiliklar 763 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining FIFA Jahon chempionati doirasidagi ilk bahsi — Kolumbiyaga qarshi uchrashuvini birgalikda tomosha qildi.

Uchrashuv yakuni terma jamoamiz foydasiga hal etilmagan bo‘lsa-da, yigitlarimiz maydonda yengilmas shijoat va so‘nggi daqiqagacha kurashish irodasi, taslim bo‘lmaslik kuchini yana bir bor namoyon etdi.

Eng muhimi, mazkur bahs natijadan qat’i nazar, xalqimizning birdamligi, milliy jamoaga bo‘lgan ishonchi hamda Vatan sha’ni yo‘lida fidoyilik har qanday g‘alabadan ustun ekanining isboti sifatida tarixga muhrlandi.

Agentlik jamoasi millionlab yurtdoshlarimiz qatori terma jamoamizni yirik g‘alabalar, yuksak natijalar va tarixiy yutuqlarga erishish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar