Virtual qabulxona

Namanganda sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishildi

Asosiy yangiliklar 1 771 marta körilgan

Yaqinda davlatimiz rahbari raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, barcha vakansiyalarni onlayn platformaga joylashtirib, kadrlarni ishga olish bo‘yicha shaffof tizim yaratish, sohaga byudjetdan ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, korrupsiya va noqonuniy dori aylanmasiga qarshi kurashish kabi qator yo‘nalishlarda muhim topshiriqlar berildi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida ayni paytda Namangan viloyatida bo‘lib turgan Agentlik ishchi guruhi tomonidan Norin va Uychi tumanlaridagi tibbiyot birlashmalari, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish mobaynida Prezidentimiz tomonidan sohada byurokratiya, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar, shuningdek, "Korrupsiyasiz soha" loyihasining ijrosini taʼminlash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Xususan, ushbu manzillarda bepul va pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi hamda joriy holati, tibbiy jihozlar va dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasi, korrupsiyaga nisbatan murosasizlikni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining samaradorligi, tibbiyot xodimlarining ishga qabul qilishda korrupsiyaviy xavflarning oldini olish choralari qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi bilan tanishildi.

Bemorlarning bu boradagi ishlar holati bo‘yicha fikr-mulohazalari ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur tibbiyot muassasalarida korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini joriy etish bilan bog‘liq ayrim kamchiliklar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan maʼsullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar