Virtual qabulxona

Nagoya iqtisodiyot universiteti bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 785 marta körilgan

Joriy yilning 25-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti professori Okuda Saorini Agentlik binosida qabul qildi.

Muloqot avvalida Akmal Burxanov O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Uchrashuvda Okuda Saori Nagoya universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishi bo‘yicha alohida magistratura dasturi tashkil etilganligini ma’lum qilib, dastur yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar Agentlik va Nagoya iqtisodiyot universiteti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning rivojlantirish istiqbollarini kengaytirish bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar