Virtual qabulxona

Murojaat asosida qonunbuzilishi holatlari bartaraf etildi

Asosiy yangiliklar 799 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar belgilangan tartibda har tomonlama va xolisona o‘rganilib, qonun talablariga muvofiq ravishda adolatli hal etib kelinmoqda.

Xususan, 2025-yilda Sirdaryo viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK buyurtmachiligida o‘tkazilgan davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi yuzasidan kelib tushgan murojaatga asosan Agentlik tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida boshlang‘ich qiymati 2 mlrd 23,3 mln so‘mni tashkil etgan davlat xaridida xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilar takliflari belgilangan talablar asosida baholanmagani, ularga asossiz ravishda nomutanosib ballar qo‘yilgani natijasida davlat xaridlarida raqobat va xolislik prinsiplari buzilgani aniqlandi.

Qayd etilgan holat bo‘yicha Agentlikning taqdimnomasi asosida xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomasi bekor qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar