Virtual qabulxona

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 469 marta körilgan

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Raximov kun tartibidagi masala yuzasidan Agentlik tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumot berdi.

Majlisda korrupsiyaviy holatlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqa davlat organlarida bu boradagi ishlar yetarli darajada amalga oshirilmayotganligi va shu orqali qonun talablari buzilishiga sharoit yaratib berilayotganligi qayd etilib, bunday holatlarni bartaraf etish hududdagi har bir Kengash aʼzosidan alohida faollik talab etayotganiga urg‘u berildi.

Majlis yakunida hududdagi korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada kuchaytirish, huquqbuzarlik holatlarini bartaraf etish hamda Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

Maʼlumot o‘rnida: 28-noyabr kuni Senatda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi hamkorlikda viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar) Kengashlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari uchun o‘quv seminari ham tashkil etildi.

📌Eslatib o'tamiz, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun joriy yil 6-dekabrdan boshlab kuchga kiradi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar