Virtual qabulxona

Loyiha vakillari uchun onlayn trening o‘tkazildi

Asosiy yangiliklar 523 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamkorligida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha doirasida hududlarda faoliyat olib boradigan loyiha vakillari uchun onlayn trening tashkil etildi.

Maʼlumot uchun: mazkur tashabbus hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning joylarda samarali amalga oshirilishiga ko‘maklashish hamda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va aholi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Treningda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari, BMTTD vakillari hamda hududlarda faoliyat olib boradigan loyiha vakillari ishtirok etdi.

Mazkur trening loyiha vakillarining amaliy faoliyatini boshlashidan oldin ularni loyihaning maqsad va vazifalari, faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, ish jarayonini tashkil etish tartibi hamda ular oldiga qo‘yilgan vazifalar bilan batafsil tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

Trening davomida loyiha vakillariga ularning vazifalari, hududlarda ishlarni samarali tashkil etish, tegishli davlat organlari va tashkilotlari, hududiy kengashlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, har bir loyiha vakili tomonidan o‘z hududida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha individual ish rejasini ishlab chiqish, unda aniq vazifalar, muddatlar va kutilayotgan natijalarni belgilash, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha maʼlumotlarni shakllantirish va hisobot taqdim etish tartibiga alohida eʼtibor qaratildi.

Onlayn muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, hududlarda faoliyatni tashkil etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Mazkur trening loyiha vakillarining hududlardagi amaliy faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, ularning vazifalarini aniq belgilab olish hamda Agentlik va BMTTD bilan doimiy hamkorlik mexanizmlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar