Virtual qabulxona

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Asosiy yangiliklar 379 marta körilgan

Prezident qaroriga muvofiq, davlat tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashdan o‘tkazish belgilangan.

Agentlik tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlanib, maxsus elektron platformada baholashni amalga oshirish uchun yangi modul yaratildi.

Joriy yil davlat tashkilotlari faoliyatidagi 135 ta tashkilotning 10 mingdan ortiq funksiyada korrupsiyaviy xavflar “yuqori”, “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri loyihasi shakllantirildi.

Maʼlumot o‘rnida: Agentlik va jamoatchilik takliflari asosida har bir davlat tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi shakllantirilib, birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dasturdan o‘rin olgan choralar yil yakuniga qadar amalga oshiriladi.

Mulohazalaringizni ushbu havola orqali 5-may sanasiga qadar yuborishingiz mumkin.

Korrupsiyaviy xavflar qanchalik to‘g‘ri va xolis baholanganligi haqida sizning ham fikringiz biz uchun muhim!

Öxşaş materiallar