Virtual qabulxona

Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 318 marta körilgan

Hududlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tuzilgan Ishchi guruh rahbarlari — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev tomonidan Navoiy viloyatida o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari hududdagi masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.

Muhokamada viloyatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar, xususan, kadastr, qurilish, sog‘liqni saqlash va energetika sohalarida korrupsiya omillarini aniqlash va bartaraf etish masalalari eʼtibor markazida bo‘ldi.

Muhokama mobaynida ochiqlikni taʼminlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, davlat xizmatida tadbirkorlik faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli ishlar yetarli darajada olib borilmayotganligi ham qayd etildi.

Masʼullarga bu kabi salbiy holatlarni tezkor bartaraf etish zarurligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar bilan cheklanib qolmasdan yangi tashabbuslarni ilgari surish, masʼuliyat va tashabbuskorlikni oshirish lozimligi alohida qayd etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar