Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 293 marta körilgan

Özbekiston parlamenti delegatsiyasining Seulga taşrifi doirasida Oliy Majlis Senati Raisi, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi raisi Tanzila Narbayeva Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va fuqarolik huquqlarini himoya qiliş komissiyasi raisi Çon Il Yon bilan uçraşdi.

Suhbat çoğida Özbekiston va Janubiy Koreya örtasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, davlat boşqaruvida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, qonun ustuvorligini mustahkamlaş hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş borasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uçraşuvda Çon Il Yon Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraşiş, qonun ustuvorligini taʼminlaş, davlat boşqaruvida oçiqlikni mustahkamlaş va raqamlaştiriş sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Şuningdek, masʼul muassasalar örtasida imzolangan memorandum doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhimligi taʼkidlandi. Xususan, raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş, davlat xizmatçilarini öqitiş hamda korrupsiyaning oldini oliş borasida töplangan ilğor tajribani özaro almaşişga qaratilgan alohida çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş böyiça kelişuvga erişildi.

Öxşaş materiallar