Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy strategiyasi: jamoatçilik takliflari qabul qilinmoqda
Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2030-yilgaça möljallangan milliy strategiyasi hamda uni tasdiqlovçi farmon loyihasi jamoatçilik fikri va takliflarini oliş maqsadida eʼlon qilindi.
Hujjat "Özbekiston — 2030" strategiyasi hamda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga muvofiq işlab çiqilgan.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida milliy reytinglar tizimini qayta körib çiqib, ularni yangilaş;
- davlat xizmatçilari uçun umumiy standartni belgilovçi Odob-axloq kodeksini qabul qiliş;
-“Davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi, “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida” qonunlarni takomillaştiriş;
- komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari professional korpusini şakllantiriş;
- "Korrupsiyasiz soha" loyihalarini amalga oşirişning aniq tartibini belgilaş;
- taşkilotlardagi inson resurslari, yuridik, moliya, audit, axborot xizmati kabi barça tarkibiy bölinmalarning korrupsiyaning oldini olişdagi vazifalari va özaro hamkorligi böyiça namunaviy tartibni tasdiqlaş;
- aktivlarni qaytariş böyiça vakolatli davlat organini belgilaş va bu yönalişdagi xalqaro talablarini milliy qonunçilikka implementatsiya qiliş;
- raqamlaştiriş orqali barça sohalarda korrupsiya xavf-xatarlari bartaraf etişga qaratilgan preventiv islohotlar.
Loyiha yuzasidan taklif va tavsiyalarni 2026-yilning 4-dekabriga qadar taqdim etişingiz mumkin.
| Nomi | Yuklab oliş |
|---|---|
| Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2030-yilgaça möljallangan milliy strategiyasini tasdiqlaş hamda uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisidaPDF | Yuklab oliş: Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2030-yilgaça möljallangan milliy strategiyasini tasdiqlaş hamda uni amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida, PDF |
| Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2030-yilgaça möljallangan MILLIY STRATEGIYASIPDF | Yuklab oliş: Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2030-yilgaça möljallangan MILLIY STRATEGIYASI, PDF |
| Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2030-yilgaça möljallangan milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar DASTURIPDF | Özbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2030-yilgaça möljallangan milliy strategiyasini amalga oşiriş böyiça çora-tadbirlar DASTURI, PDF |