Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi strategik hujjatlar ishlab chiqish metodlari muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 2 521 marta körilgan

Joriy yilning 25-26 iyun kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid strategik hujjatlar ishlab chiqish” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.

BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda davlat idoralari, korrupsiyaga qarshi kurashishga masʼul organlar xodimlari, Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi va Ekspertlik guruhi aʼzolari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Trening davomida korrupsiyaga qarshi strategik hujjatlarni ishlab chiqish, bu borada Parlament, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar, ilmiy muassasalar, NNT va OAV o‘rtasida idoralararo hamkorlik va muvofiqlashtirish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Trening xalqaro ekspert Yaroslav Strelchenok tomonidan olib borildi.

Maʼlumot uchun: Yaroslav Strelchenok 2011-2016 yillar davomida Latviya Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Trening davomida korrupsiyaga qarshi strategik hujjatlarni ishlab chiqish, bu borada Parlament, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar, ilmiy muassasalar, NNT va OAV o‘rtasida idoralararo hamkorlik va muvofiqlashtirish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Mazkur mavzular Agentlik va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2030-yilgacha Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasi misolida tushuntirildi va tahlil qilindi.

Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashning strategik yondashuvlari, strategiyani samarali amalga oshirish shartlari, korrupsiyaga qarshi kurashda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan institutlarni aniqlash, shuningdek, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, monitoring qilish, maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash, amalga oshirishni moliyalashtirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar