Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid kichik grantlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Asosiy yangiliklar 894 marta körilgan

“Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: ishtirok, shaffoflik va yechimlar” nomli kichik grantlar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan 70 dan ortiq loyiha arizalari kelib tushdi.

Tanlov komissiyasi tomonidan quyidagi loyiha tashabbuslari gʻolib deb topildi:

📍Fargʻona viloyati

▫️ Inson huquqlari madaniyati markazining hududiy boʻlimi - “Ochiq hisobot: Fargʻona viloyatining 19 ta shahar va tuman mahallalarida davlat xizmatlari hamda byudjet mablagʻlari sarfi monitoringining raqamli tizimini joriy etish” loyihasi;

▫️“Azim Tafakkur” nodavlat notijorat tashkiloti - “Mahalliy darajada korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” loyihasi;

📍Toshkent viloyati

▫️“UMID” Respublika jamoat birlashmasi - “Shaffof mahalla — adolatli hayot sari” loyihasi;

📍Toshkent shahri

▫️Oʻzbekiston Yuristlar assotsiatsiyasi - “Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi qonunchilikni isloh qilishdagi ishtirokini takomillashtirish” loyihasi;

📍Respublika miqyosida

▫️Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi - “Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati tizimida NNTlarning rolini kuchaytirish” loyihasi.

Loyihalarni amalga oshirish uchun jami 355 000 000 so‘m miqdorida grant mablag‘lari ajratiladi.

Tanlov va uning natijalariga oid batafsil ma'lumot bu yerda.

Ma'lumot o'rnida: Mazkur tanlov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar