Korrupsiyaga qarshi kurashishda Latviya bilan hamkorlik ko‘lami kengaytiriladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva va Latviyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yaunzems Girts va Latviya Moliya va shartnomalar markaziy agentligi direktori Anita Krumina o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva dastlab Yaunzems Girtsni yangi lavozimda ish boshlagani bilan qutlab, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot chog‘ida Umida Tuxtasheva tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (komplayens) xodimlari, NNT va OAV vakillarini malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma o‘quv kurslari va treninglar o‘tkazish, mintaqaviy darajada qo‘shma loyihalar ishlab chiqish kabi qator masalalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

O‘z navbatida, elchi Yaunzems Girts O‘zbekistonda aksilkorrupsiya islohotlari samarali amalga oshirilayotganini eʼtirof etgan holda sohadagi takliflarni qo‘llab-quvvatlashga, Agentlik bilan bundan buyon ham faol hamkorlikka tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Eslatib o‘tamiz: Joriy yilning 7-11 iyul kunlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tegishli vazirlik va idoralarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (komplayens) xodimlari Latviya davlatida tashkil etilgan Ilk Yozgi maktabda ishtirok etdi. (t.me)
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati