Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat dasturi loyihasidan o‘rin olgan vazifalar muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 479 marta körilgan

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston-2030" strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasidan korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida belgilangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Davlat dasturi loyihasidan bojxona tizimi, davlat xaridlari jarayonini raqamlashtirish, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini korrupsiyaga qarshi kurashishga faol jalb etish, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining samaradorligini oshirish, byudjet sohasiga oid huquqbuzarlik va moliyaviy xatoliklarning oldini olish yuzasidan jamoat nazoratini o‘rnatish hamda ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha muhim vazifalar o‘rin olgan.

Tadbirda mazkur yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni takomillashtirish va amalga oshirish mexanizmlari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Bildirilgan konseptual taklif va tashabbuslar umumlashtirilib, Davlat dasturi loyihasi yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan jamoatchilik muhokamasi jarayonlarida ishtirok etiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar