Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens tizimida amalga oshirilgan ishlar

Markaziy bankning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olish, korrupsiogen xavf-xatarlarni baholash hamda ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida:
- 56 ta funksiya tahlil qilinib, 16 ta "o‘rta" va 40 ta "past" darajadagi korrupsiogen xavf aniqlandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi;
- - 2264 nafar boshqaruv xodimlaridan yillik deklaratsiyalar qabul qilib olinib, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish choralari belgilandi;
- davlat xaridlari sohasida 558 ta kontragent o‘rganilib, 18 ta xaridlarda kontragentlar o‘rtasida o‘zaro affillanganlik holatlari aniqlanib salbiy xulosalar taqdim qilingan va xarid jarayonlari bekor qilingan.
Batafsil infografikada.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati