Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens tizimi amalga oshirilgan ishlar va nazorat tadbirlari natijalari

Asosiy yangiliklar 526 marta körilgan

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda korrupsiyaning oldini olish, korrupsiogen xavf-xatarlarni baholash hamda ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun: vazirlik joriy yilda o‘tkazilgan VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida komplayens-nazorat tizimini samarali joriy etgan davlat organlaridan biri sifatida eʼtirof etilgan

Joriy yilning birinchi yarim yilligida:

  • 2 654 ta funksiya tahlil qilinib, 311 ta "yuqori", 523 ta "o‘rta" va 1 818 ta "past" darajadagi korrupsiogen xavf aniqlandi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi;
  • vazirlik ijro apparatidagi barcha lavozimlaring tahlili asosida korrupsiogen xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqilib, 20 tasi "o‘rta", 8 tasi "past" darajada baholandi;
  • manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash natijasida 26 ta holat o‘z vaqtida bartaraf etildi;
  • davlat xaridlari sohasida 1 683 ta kontragent o‘rganilib, tavakkalchilik omillarini barvaqt aniqlash hisobiga 14,5 milliard so‘m mablag‘ning maqsadsiz sarflanishining oldi olindi.

Batafsil infografikada.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar