Virtual qabulxona

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari boshlandi

Asosiy yangiliklar 1 434 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarga uning zararlari va oqibatlari haqida zarur maʼlumotlarni yetkazish, ularning xabardorligini oshirish, fikr va takliflarini eshitish juda muhim.

Korrupsiyaga qarshi kurshish agentligi hamda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasidagi targ‘ibot-tashviqotlarning asosiy maqsadi va kutilayotgan natijasi ham shu.

Oylik doirasidagi ana shunday tadbirlarning dastlabkilaridan biri bugun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirda Agentlik direktori Akmal Burxanov hamda Partiyaning hududlardagi vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashda yagona kuch bo‘lib harakat qilish, daxldorlik va javobgarlikni kuchaytirish, jonbozlikni oshirish xususida so‘z yuritildi. Huquq va manfaatlarni himoya qilish, majburiyatlarni halol, vijdonan bajarish, befarq bo‘lmaslik ushbu illatga nisbatan murosasizlikda muhim omil ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodni tarbiyalashda oila va mahalla zimmasida katta masʼuliyat borligiga alohida urg‘u berilib, bu borada mahalla faollari, nuroniylar, fuqarolarning ham fikr-mulohaza va takliflari tinglandi.

Eslatib o‘tamiz, “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurshish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar