Virtual qabulxona

"Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xakatonga start berildi

Asosiy yangiliklar 1 845 marta körilgan

"Yangi O‘zbekiston" universitetida "Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xakatonga start berildi.

Mazkur tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan IT-Park, "Yangi O‘zbekiston" universiteti va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida tashkil etildi.

Maqsad — korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodni tarbiyalash, talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash.

Tanlovda uch kun mobaynida yosh dasturchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi samarali va innovatsion yechimlar — dasturiy ta’minotlar, onlayn platformalar ishlab chiqish bo‘yicha yakka va jamoaviy holda o'zaro bellashadi.

G‘oliblar Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Osiyo yoshlar korrupsiyaga qarshi kurashish xakatoni

(“Coding4Integrity” )da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar