Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat ijtimoiy buyurtmasi tanlovi eʼlon qilindi

Asosiy yangiliklar 190 marta körilgan

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va bir qator sohalardagi ijtimoiy buyurtmalari bo‘yicha tanlovni eʼlon qildi.

Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha davlat buyurtmasi taqdim qilinmoqda:

Korrupsiyaga eng ko‘p moyil bo‘lgan davlat va jamoatchilik institutlari,shuningdek, korrupsiyani qabul qilish darajasi yuqori bo‘lgan lavozim va hududlarni aniqlash va biznes hamjamiyatining korrupsiya holatlariga bo‘lgan munosabatini o‘rganish

Asosiy vazifalar:

  • korrupsiya holatlariga boʻlgan munosabatini oʻrganish boʻyicha (tadbirkorlar, investorlar, advokat va yuridik xizmat vakillari, ekspertlar va fuqarolik jamiyati instituti vakillari oʻrtasida) 4 ta soʻrovnoma oʻtkazish;
  • korrupsiyaning tarqalganlik darajasi yuqori bo‘lgan davlat organlari va hududlarda korrupsiya xavfini minimallashtirishga qaratilgan tadbirlar rejasi ishlab chiqish;
  • lavozimlardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasini baholanishini va xavf-xatarlarni minimallashtirish choralarini ko‘rilishini ta’minlash;
  • qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotini bir xillashtirish, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, nazorat va javobgarlikni kuchaytirishga doir takliflar ishlab chiqish;

Ajratilgan mablag‘ miqdori — 1 mlrd so‘m

Maktabgacha taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari va tarbiyalanuvchilarining ongida halollik qadriyatlarini shakllantirish

Asosiy vazifalar:

  • maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun halollik qadriyatlarini singdiruvchi qoʻllanma tayyorlash;
  • umumiy oʻrta taʼlim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun moʻljallangan “Men halollikni tanladim” nomli qoʻllanma ishlab chiqish;
  • taʼlim muassasalarida “Halollik” toʻgaraklari uchun namunaviy dasturini (haftada bir marta, bir oʻquv yili uchun) ishlab chiqish;
  • oʻquvchilarga halollik haqidagi asosiy tushunchalarni oʻrgatish uchun moʻljallangan “Halollik oʻyinlari”ni ishlab chiqish;
  • Korrupsiyaga qarshi taʼlim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE)ni ommalashtirish.

Ajratilgan mablag‘ miqdori — 500 mln so‘m

Ariza topshirish muddati: 2026-yil 22-iyulgacha.

Tanlov tartibi va shartlari bilan batafsil bu yerda PDFtanishing.

Öxşaş materiallar