Virtual qabulxona

Sayxunobod tumanini “Korrupsiyadan xoli hududga aylantirish” dasturi ijrosi o‘rganildi

Asosiy yangiliklar 629 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanini “Korrupsiyadan xoli hududga aylantirish” dasturi ijrosi o‘rganildi.

Jumladan, korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘nalishida hududda amalga oshirilayotgan ishlar “Agrobank” ATB Sayxunobod tuman filiali, shuningdek, sog‘liqni saqlash, moliya va iqtisodiyot sohalari misolida atroflicha o‘rganildi.

Yakunda, mas`ullar ishtirokida tumanda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, hududda fuqarolarning huquqiy ongi va xabardorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bo‘yicha muntazam targ‘ibot ishlari olib borilayotgani e’tirof etildi.

Xalq deputatlari Sayxunobod tuman Kengashi tomonidan har oy sessiya kun tartibiga bitta mas’ul tashkilot hisobotini kiritish, uning faoliyatini tahlil qilish hamda ijro intizomini nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani va bu borada Kengashning alohida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgani qayd etildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ma`lumot uchun: Sayxunobod tumanida jami 41 ta maktab mavjud bo‘lib, shulardan 30 tasida faoliyat yuritayotgan direktorlar 5-yildan ziyod ishlab kelayotganlkigi aniqlagan. 16 nafari rotatsiya qilinishi ta’minlangan,5 nafari o‘z arizasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar