Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirishga oid qaror loyihasi muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 296 marta körilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-sonli Qarorining 9-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Koruupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idorlar bilan muhokama qilindi.

Qaror loyihasi bilan:

  • korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarining ustuvor vazifalari va funksiyalari;
  • korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
  • Bo‘linma rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etishni Agentlik bilan kelishish tartibi;
  • Bo‘linma xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari;
  • Bo‘linma xodimlarining malakasini oshirish, ularni stajirovka va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilanmoqda.

Qaror loyihasi vazirlik va idoralar tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar asosida takomillashtirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar