Virtual qabulxona

Korrupsiya holatlarini keltirib çiqaruvçi omillarni aniqlaş va ularning oldini oliş yuzasidan tekşiruvlarni taşkil etiş tartibiga oid nizom tasdiqlandi

Asosiy yangiliklar 18 marta körilgan

Davlat organlari va taşkilotlari, davlat iştirokidagi korxonalarda korrupsiya holatlarini keltirib çiqaruvçi omillarni aniqlaş va ularning oldini oliş yuzasidan tekşiruvlarni taşkil etiş tartibiga oid nizom tasdiqlandi.

Unga köra, komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari tekşiruvlarni rejali va rejadan taşqari tartibda ötkazadi.

Rejali tekşiruvlar tarkibiy bölinmalarning funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasidan kelib çiqib, quyidagi davriylikda taşkil etiladi:

▫️ xavf-xatarlar darajasi “past” bölgan funksiyalarda –2 yilda 1 marta;

▫️ xavf-xatarlar darajasi “örta” bölgan funksiyalarda – 1 yilda 1 marta;

▫️ xavf-xatarlar darajasi “yuqori” bölgan funksiyalarda – 1 yilda 2 marta.

Rejadan taşqari tekşiruvlar içki va taşqi manbalardan korrupsiyaviy omillar haqida kelib tuşgan axborot, maʼlumot va topşiriqlarga asosan ötkaziladi.

Bunda:

  • korrupsiyaviy omillar mavjudligi;
  • korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytiriş yoki bartaraf etiş çoralarining amalga oşirilişi örganiladi.

Tekşiruv yakunlari böyiça 3 iş kuni içida maʼlumotnoma tuziladi va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş çora-tadbirlari işlab çiqiladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik alomatlari aniqlangan taqdirda, töplangan materiallar qonuniy çora köriş uçun tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yoki bevosita ularning içki nazorat tuzilmalariga taqdim etiladi.

Öxşaş materiallar