Virtual qabulxona

Korrupsiyaga qarshi kurashishda O‘zbekiston va Mongoliya hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi

Asosiy yangiliklar 1 483 marta körilgan

Joriy yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Mongoliya korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Maʼlumot uchun: Mongoliya Korrupsiyaga qarshi Mustaqil Idorasi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maxsus va mustaqil davlat organi bo‘lib, korrupsiyaning oldini olish, jamoatchilik xabardorligini oshirish, yashirin tekshiruvlar va surishtiruvlar o‘tkazish, shuningdek, daromad va mulk deklaratsiyalarini nazorat qilish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, korrupsiyaning oldini olish va uni aniqlash borasidagi samarali usullar bilan o‘rtoqlashish, xodimlar uchun o‘quv va malaka oshirish, tajriba almashuv dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki idora o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum tayyorlash va uni imzolash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida “Let‘s unite” loyihasi, manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimlari, Mongoliyaning Korrupsiyaga qarshi kurashishda 2023-2030 strategiyasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar