Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Batafsil
VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Batafsil
Mo‘g‘uliston Korrupsiyaga qarshi mustaqil idorasi bilan anglashuv memorandumi imzolandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qo‘shma loyiha doirasida hamkorligi muhokama qilindi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakillaridan iborat missiyani qabul qildi.

Unda O‘zbekistonda "Korrupsiyaga qarshi aralashuvlar sharoitida shaffoflikni oshirish” komponentini ishga tushirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mazkur loyiha “Ishonch-2030” jamg‘armasi (Uzbekistan Vision 2030) hamda BMTning (JSST, Bolalar jamg‘armasi, Aholishunoslik jamg‘armasi) O‘zbekistonda oldini olish mumkin bo‘lgan onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘limini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan qo‘shma dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Uchrashuvda dastlab U.Tuxtasheva mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, Agentlik tomonidan “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilishi, sohadagi ijtimoiy tadqiqotlar, chora-tadbirlarning samaralari va kelgusidagi maqsad-vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Missiya vakillari taʼkidlashicha, JSST bugungi kunda sohada yangi metod asosida korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashish emas, balki uning oldini olish choralarini ko‘rish yo‘lidan bormoqda. "Korrupsiyaga qarshi aralashuvlar sharoitida shaffoflikni oshirish” loyihasi ham ayni shu maqsadda ishlab chiqilgan.

Muloqot mobaynida mazkur loyihaning maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari, kutilayotgan natijalar taqdimot qilindi. Qayd etilishicha, loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun shaffoflik va masʼuliyatni oshirish, xususan, onalar va bolalar o‘limining oldini olish sanaladi.

Uchrashuvda mazkur loyihani amalga oshirishda Agentlik ishtiroki, o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, birgalikdagi vazifalarni belgilab olish maqsadida bu kabi muloqotlarni kelgusida davom ettirishga kelishib olindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot  xizmati  

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar