Virtual qabulxona

Komplayens-nazorat tuzilmalari xodimlari uçun navbatdagi öquv-seminar taşkil etildi

Asosiy yangiliklar 1 415 marta körilgan

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda davlat organlari va taşkilotlarining korrupsiyaga qarşi içki nazorat (komplayens-nazorat) tuzilmalari xodimlari uçun “Davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaning oldini oliş va komplayens-nazorat tizimi samaradorligini oşiriş” mavzusida öquv-seminar taşkil etildi.

Mazkur tadbir Agentlik tomonidan içki nazorat tuzilmalari xodimlarining kasbiy malakasini oşiriş, sohaga oid bilim va könikmalarini mustahkamlaş maqsadida xalqaro taşkilotlar va ekspertlarni jalb etgan holda taşkil etilayotgan öquv tadbirlarining navbatdagisidir.

Seminarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşişning institutsional hamda huquqiy asoslarini takomillaştiriş, içki nazorat tuzilmalari faoliyati samaradorligini oşiriş, ularning mustaqilligi va vakolatlarini kuçaytiriş borasida amalga oşirilayotgan sönggi islohotlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş, tizimli korrupsiyaviy holatlarning oldini oliş hamda preventiv mexanizmlarni kuçaytiriş böyiça 2030-yilgaça möljallangan ustuvor vazifalar izçil amalga oşirilmoqda.

Xususan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qarorlar qabul qilinişidan oldin aniqlaş maqsadida “Xavf-tahlil markazi” taşkil etildi. Markazning asosiy raqamli vositasi sifatida “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi sinov tariqasida işga tuşirildi. U davlat organlarining axborot tizimlarini integratsiya qiliş, korrupsiyaga qarşi içki nazorat jarayonlarini raqamlaştiriş va davlat xaridlarida affillanganlik holatlarini avtomatik aniqlaş imkonini beradi.

Şuningdek, davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari, ilmiy muassasalar, içki nazorat bölinmalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligiga asoslangan Korrupsiyaning oldini oliş klasteri joriy etildi. 2030-yilga qadar davlat organlari va taşkilotlarida Korrupsiyaga qarşi milliy sertifikatlaştiriş menejment tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş ham nazarda tutilgan.

Bugungi kunda davlat organlari va taşkilotlarida korrupsiyaning oldini olişga masʼul bölgan komplayens va içki nazorat tuzilmalari faoliyatini takomillaştiriş, ularning institutsional salohiyatini oşiriş böyiça ham izçil işlar amalga oşirilmoqda.

Jumladan, mazkur tuzilmalarning mustaqilligini taʼminlaş maqsadida ularning faqat taşkilot rahbariga böysunişi va Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi oldida hisobdor bölişi belgilandi. Içki nazorat tizimining qamrovi ham sezilarli darajada kengaydi: 2021-yilda 91 ta taşkilotda faoliyat yuritgan bunday tuzilmalar bugungi kunda 230 dan ortiq davlat organi va taşkilotini qamrab olgan bölib, ularda 1700 nafardan ziyod mutaxassis faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilda sohadagi huquqiy va taşkiliy asoslarni yanada mustahkamlaşga qaratilgan qator çoralar körildi. Xususan, komplayens sohasidagi mutaxassislar uçun kasbiy standartlar işlab çiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Içki nazorat bölinmalari faoliyatini taşkil etiş, ularning vazifa va funksiyalari, huquq hamda majburiyatlari, şuningdek, xodimlarni lavozimga tayinlaş va lavozimidan ozod qiliş masalalarini kelişiş tartibini belgilovçi yangi tahrirdagi Namunaviy nizom tasdiqlandi. Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholaşga oid yöriqnomada komplayens-nazorat tuzilmalarining uşbu jarayonlardagi iştirokini nazarda tutuvçi tartiblar belgilandi. Prezident Farmoni bilan davlat xizmatçisi va tadbirkorlik subyekti örtasidagi muloqotning asosli yoki asossiz ekaniga baho beriş vakolati ham korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalari zimmasiga yuklatildi.

Komplayens va içki nazorat tizimini boşqaruv darajasida mustahkamlaş maqsadida masʼul rahbar örinbosari lavozimi joriy etildi. Uşbu lavozim egalariga, jumladan, taşkilot rahbarini vaqtinça lavozimidan çetlaştiriş bilan boğliq muhim vakolatlar berildi.

Içki nazorat tuzilmalari xodimlarning malakasini oşiriş, stajirovka va attestatsiyadan ötkaziş tizimi yölga qöyilib, joriy yil sentyabr oyidan attestatsiya jarayonlari boşlandi.

Seminarda sohada amalga oşirilayotgan islohotlar va içki nazorat tuzilmalari uçun yaratilgan yangi imkoniyatlardan kelib çiqib, ularning vakolatlaridan samarali foydalaniş, komplayens faoliyati sifatini oşiriş hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş va bartaraf etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, iştirokçilar korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini reyting baholaş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va kamaytiriş, oçiqlikni taʼminlaş, manfaatlar töqnaşuvini boşqariş, davlat xaridlarida korrupsiyaning oldini oliş hamda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş masalalari böyiça mahalliy va xorijiy ekspertlar bilan fikr va tajriba almaşdilar.

Seminarda sohada erişilgan natijalar bilan bir qatorda, ayrim davlat organlarida içki nazorat bölinmalari faoliyatidagi muammo va kamçiliklar ham tanqidiy msuhokama qilinib, ularni bartaraf etiş, içki nazorat tuzilmalari masʼuliyatini oşiriş va profilaktik işlarni kuçaytiriş yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Öxşaş materiallar