Virtual qabulxona

Jurnalistik surishtiruvlar bo'yicha treningda ishtirok etish uchun tanlov

Asosiy yangiliklar 771 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi BMT Taraqqiyot dasturi hamda Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashishda jurnalistik surishtiruvlar bo'yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan ikki kunlik treningda ishtirok etish uchun tanlov eʼlon qiladi.

📅 Trening sanasi: 2026 yil 7–8 avgust

📍O‘tkazilish joyi: Toshkent viloyati

Tanlovda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusini yoritib kelayotgan yoki mazkur yo‘nalishga qiziquvchi jurnalistlar, blogerlar hamda jurnalistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Trening dasturi quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi:

▫️ jurnalistik surishtiruvlarni rejalashtirish va o‘tkazishning zamonaviy usullari;

▫️ochiq manbalardan maʼlumot izlash, tekshirish va tahlil qilish, hujjatlar bilan ishlash, shuningdek, raqamli vositalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish;

▫️ jurnalistlarning huquqiy va raqamli xavfsizligi, axborot manbalarini himoya qilish, kasbiy etika hamda axborot olish huquqi;

▫️ surishtiruv jurnalistikasi bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tajriba, shuningdek, OAV vakillari o‘rtasida professional hamkorlikni rivojlantirish.

Mashg‘ulotlar ekspertlar tomonidan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

📝 Treningda ishtirok etish istagidagi nomzodlar 15-iyul soat 23:59 ga qadar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

Nomzodlarni saralash tartibi va qo‘shimcha maʼlumotlar — bu yerda.

Mazkur trening Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni kuchaytirish" qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar