Virtual qabulxona

Jizzaxda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Asosiy yangiliklar 1 222 marta körilgan

Bugun Jizzax viloyatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish: tahlil, muammo va yechim” mavzusida tashkil etilgan seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirok etdi.

Mazkur tadbir Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi bilan hamkorlikda sudyalar, advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi aʼzolari, fuqarolik jamiyati instituti vakillari uchun o'tkazildi.

A.Burxanov o'z ma'ruzasida Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosi doirasida huquq-tartibot idoralari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha manzilli ishlar kuchaytirilayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, “Andijon tajribasi” asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha “Yo‘l xarita”lari tasdiqlanib, ijrosi yuzasidan masʼullarning hisobotlari eshitilmoqda hamda ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Seminar mobaynida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, soha va tarmoqlarda korrupsiyaning sabablarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, korrupsiyaga oid jinoyatlarni tahlil qilish va bu borada sudyalar tajribasidan samarali foydalanish, qonunchilikni takomillashtirishga oid muhim vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi samarali kurashishda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar