Virtual qabulxona

Jamoatchilik kengashi tomonidan ijtimoiy buyurtmalar tanlovi  bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlar loyihalari ko‘rib chiqildi

Asosiy yangiliklar 628 marta körilgan

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etildi.

Kengash yig’ilishida Agentlik tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari uchun “Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: surishtiruv jurnalistikasi va muqobil monitoring” hamda “Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari: tarixga nazar” mavzusidagi tanlovlar doirasida kelib tushgan loyihalar muhokama qilindi.

Tadbirda Kengash a’zolari tomonidan barcha loyihalar ko‘rib chiqilganligi va loyiha taklifining muvofiqligi, dolzarbligi, samaradorligi, xarajatining asoslantirilganligi va loyiha taklifini amalga oshirish qobiliyati mezonlari asosida baholangani qayd etildi.

Agentlikning “Korrupsiyaga qarshi fuqarolik tashabbuslari: surishtiruv jurnalistikasi va muqobil monitoring” tanlovi doirasida ikkita yo‘nalishda jami 16 ta loyiha-taklif kelib tushgan.

Tanlovning BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi qoidalarining bajarilishini monitoring qilish va muqobil baholash tizimini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida – “O‘zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi”, Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida surishtiruv jurnalistikasini tashkil etish va amalga oshirish metodologiyasini ishlab chiqish yo‘nalishida – “O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi” g‘olib deb topildi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari: tarixga nazar” tanlovida “Yuksalish” harakatini g‘olib deb topish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Jamoatchilik kengashi tomonidan buyurtmalar doirasida ijtimoiy maqsadlarga erishilishini doimiy monitoring qilib borish, amalga oshirilishiga ko’maklashib borilishi ma’lum qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar