Onlayn murojaat

Korrupsiya haqida xabar berish

Bekor qilish Xabar berish

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Batafsil
Inklyuziv yondashuv asosida korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Jamoatchilik kengashi aʼzolari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi bo‘yicha muloqotlarda faol ishtirok etmoqda

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan jamoatchilik muhokamalari va ochiq muloqotlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari faol ishtirok etmoqda.

Bugungi kunga qadar Strategiya loyihasi yuzasidan 2 ming 500 ga yaqin fikr va izohlar kelib tushgan.

Jamoatchilik kengashi aʼzolari Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tashkil etilgan jamoatchilik bilan ochiq muloqotlarda ushbu taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Jumladan, Jamoatchilik kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi professori, yuridik fanlari doktori Foziljon Otaxonov aholi tomonidan bildirilayotgan taklif va tashabbuslar turli sohalardagi natijadorlikka taʼsir etuvchi sifat ko‘rsatkichlarini shakllantirishda, xususan, korrupsiyaga kurashish ishlarini kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Eslatib o‘tamiz, Strategiya loyihasining yangi tahririda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

Shuningdek, Strategiya doirasida 2026-yil davomida ishlab chiqiladigan strategik rejalashtirish hujjatlari qatorida 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish milliy strategiyasini ishlab chiqish vazifasi ham nazarda tutilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

Barcha yangiliklar