Virtual qabulxona

Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi

Asosiy yangiliklar 515 marta körilgan

Bugun MKBANKda 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bank faoliyatidagi korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha “Jamoatchilik eshituvi” bo‘lib o‘tdi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jamoatchilik kengashi a’zolari, Bank rahbariyati, jurnalist va blogerlar, bank xodimlari, yoshlar va bankning hududiy bo‘linmalaridan xodimlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash kerakki, 2026-yilning birinchi yarim yilligida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bank faoliyatidagi korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish bo‘yicha qator tizimli choralar amalga oshirildi.

Hisobot davrida bankning barcha hududiy bo‘linmalarini qamrab olgan 22 ta seminar-trening tashkil etildi. Ularda jami 2 750 nafar xodim korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va komplayens madaniyati bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdi.

Shuningdek, “CERT International” xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti ishtirokida o‘tkazilgan maxsus o‘quv seminarida 25 nafar xodim ISO 37001:2025 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” standarti bo‘yicha chuqurlashtirilgan ta’lim oldi.

MKBANKda korrupsiyaga oid holatlar haqida xabar berish uchun 6 ta maxsus aloqa kanali faoliyat yuritmoqda. 2026-yilning birinchi yarim yilligida ushbu kanallar orqali jami 96 ta murojaat va xabar kelib tushdi.

Murojaatlarning 73 tasi bo‘yicha xizmat tekshiruvlari va o‘rganishlar o‘tkazilib, aniqlangan operatsion xatoliklar bartaraf etildi.

Hisobot davrida Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tomonidan jami 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruvlar natijasida 2 ta korrupsiyaga oid holat — pora olish va ta’magirlik aniqlanib, materiallar huquqiy baho berish va qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Shuningdek, 20 nafar bank xodimining huquqbuzarlik sodir etganligi aniqlandi.

Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida 2026-yil yanvar-fevral oylarida bank tizimidagi 3 331 nafar xodimning ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi yillik deklaratsiyalari qabul qilindi va tahlil qilindi. Natijada 5 ta mavjud manfaatlar to‘qnashuvi hamda 216 ta ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi xavfi aniqlandi. Mazkur holatlarni tartibga solish bo‘yicha takliflar bankning Odob-axloq komissiyasiga kiritildi.

Hisobot davrida kredit-investitsiya jarayonlarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va oldini olish maqsadida 36 ta kompleks komplayens-tekshiruv o‘tkazildi. Jumladan, yirik va strategik kredit loyihalari doirasida 19 ta kontragent chuqur tekshirildi, kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha 4 ta yirik loyiha o‘rganildi. Shuningdek, banklararo pul bozori va investitsiyaviy bitimlar doirasidagi 3 ta yirik operatsiya tahlil qilindi.

Yangi bank mahsulotlari va amaliyotlari bo‘yicha esa jami 10 ta komplayens xulosasi ishlab chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar