Virtual qabulxona

Ishchi guruh o‘rganishlari Xo‘jaobod tumanida davom ettirildi

Asosiy yangiliklar 1 260 marta körilgan

Respublika idoralararo Ishchi guruhining Andijon viloyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati yuzasidan o‘rganishlari bugun Xo‘jaobod tumanida davom ettirildi.

Xususan, tuman shtabida shtab aʼzolari va boshqa masʼullar faoliyati bilan tanishildi.

Tuman Agrobank filialida bank xizmatlarini ko‘rsatishda korrupsiya va byurokratiyaning oldini olish choralari, sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Tuman tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda bemorlarga zarur sharoit-sharoit, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, korrupsiya va tamagirlik holatlariga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmagani aniqlandi.

Tuman Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi faoliyatida ham aholi bandligini taʼminlash, mazkur sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida ayrim sustkashliklarga yo‘l qo‘yib kelinganligi tanqid qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

O'rganishlar va aniqlangan muammolar asosida Xo'jaobod tumanini korrupsiyadan xoli hududga aylantirish bo'yicha yo'l xaritasi tayyorlandi.

O‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklar masʼullar bilan birga muhokama qilinib, kelgusida ularning oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar