Virtual qabulxona

Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Asosiy yangiliklar 1 981 marta körilgan

Davlatimiz rahbarining bir qator farmon va qarorlarida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishida ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha topshiriqlar yuklatilgan.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik direktori Akmal Burxanov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

Loyihaning umumiy qiymati 183,6 mln AQSH dollarini tashkil etadi, amalga oshirish muddati esa 5 yil (2020-2024 yil).

Loyiha doirasida Bo‘ston, Buloqboshi, Marhamat, Paxtaobod va Ulug‘nor tumanlarining 72 ta qishlog‘i qurilish ishlarini olib borish uchun tanlab olingan.

Ayni maqsadga 36,7 mln AQSH dollari ajratilgan bo‘lib, shundan 36 ta qishloqda (1-bosqich) 86 ta subloyiha uchun 19,4 mln AQSH dollari qiymatida loyihalash va pudrat qurilish shartnomalari imzolangan.

O‘rganishlarga ko‘ra, bugungi kun holatiga viloyat bo‘yicha 81 ta subloyihada 14,7 mln AQSH dollari qiymatidagi ishlar bajarilgan.

Imzolangan shartnomalar doirasida jami 175,1 mlrd so‘mlik (93,4%) qurilish montaj ishlari amalga oshirilgan hamda 168,6 mlrd so‘mlik (89,9%) mablag‘lar moliyalashtirilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, loyiha rasmiy veb-saytida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni o‘z vaqtida eʼlon qilib borish, shuningdek, 5 ta subloyiha bo‘yicha ishlar shartnomalarda ko‘rsatilgan muddatlardan kechikayotganligi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Loyihani amalga oshirishda mablag‘larning maqsadli sarflanishi va bu jarayonda ochiqlikning taʼminlanishi bo‘yicha nazorat tadbirlari davom ettiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar