Virtual qabulxona

Hududiy kengaş aʼzolari uçun öquv treninglarning navbatdagi manzili — Navoiy

Asosiy yangiliklar 647 marta körilgan

Navoiy viloyatida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça hududiy kengaş aʼzolari uçun ikki kunlik öquv treninglari taşkil etilmoqda.

Treninglardan közlangan maqsad — hududiy kengaşlar faoliyati samaradorligini oşiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş va baholaş, masʼul taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, korrupsiyaning oldini oliş böyiça amaliy könikmalarni rivojlantiriş.

Maşğulotlar davomida iştirokçilar korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi qonunçilik yangiliklari, jamoatçilik nazorati, oçiqlikni taʼminlaş, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV bilan hamkorlik masalalari bilan tanişmoqdalar. Şuningdek, hududdagi mavjud muammo va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qiliş, ularni bartaraf etiş böyiça amaliy takliflar işlab çiqişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Treninglar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan Yevropa Ittifoqi moliyaviy kömagida, Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi bilan hamkorlikda ötkazilmoqda.

Öxşaş materiallar