Germaniya davlati bilan korrupsiyaning oldini oliş sohasida hamkorlik kuçaytiriladi
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori örinbosari Umida Tuxtaşeva boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi amaliy taşrif bilan Germaniya Federativ Respublikasida böldi.
Taşrif doirasida Germaniya Federal içki işlar vazirligi, Federal adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Bundestag (parlament), Berlin prokuraturasi hamda soha ekspertlari bilan uçraşuvlar ötkazildi.

Muloqotlar mobaynida Özbekiston delegatsiyasi tomonidan mamlakatimizda raqamli komplayens tizimini takomillaştiriş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaşning yangi mexanizmlarini joriy etiş va jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş borasida amalga oşirilayotgan sönggi islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Muhokamalarda Germaniyaning korrupsiya haqidagi ma’lumotlarni dastlabki baholaş, davlat xizmatçilariga profilaktik maslahatlar beriş, şuningdek, xabar beruvçilarni himoya qiliş böyiça Germaniya amaliyoti alohida qiziqiş uyğotdi.
Uçraşuvlar yakunida bir qator kelişuvlarga erişildi.

Xususan, Germaniya Federal içki işlar vazirligi bilan korrupsiyaning oldini oliş va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaş sohalarida tajriba almaşişni davom ettirişga kelişib olindi.


Şuningdek, Berlin prokuraturasi bilan profilaktik mexanizmlarning huquqiy va taşkiliy asoslariga oid amaliy materiallar almaşiş, Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamğarmasi (IRZ) bilan ekspertlik hamkorligini tizimli yölga qöyiş maqsadida hamkorlik bitimini imzolash böyiça kelişuvlarga erişildi.
Taşrif Yevropa ittifoqi va Germaniya hukumati tomonidan moliyalaştirilayotgan texnik kömak loyihasi doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida taşkil etildi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi
Axborot xizmati