Virtual qabulxona

Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi iştiroki: amalga oşirilayotgan işlar va natijalar

Asosiy yangiliklar 601 marta körilgan

Bugun Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati rahbari Şerzod Saparov iştirokida korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuçaytiriş, nodavlat notijorat taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş va jamoatçilik nazorati mexanzmlarini takomillaşitiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda erişilgan natijalarga bağişlangan brifing ötkazildi.

Taʼkidlanganidek, Mamlakatimizda NNTlar korrupsiyaga qarşi kuraşişning muhim iştirokçilariga aylanib bormoqda. Prezident Şavkat Mirziyoyev qarori bilan Nodavlat notijorat taşkilotlarining korrupsiyaga qarşi kuraşişga qaratilgan loyihalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida har yili 10 mlrd söm miqdorida grantlar ajratiş va ijtimoiy buyurtmalar beriş vazifasi qöyilgan edi.

Uşbu vazifa ijrosini taʼminlaş maqsadida birgina joriy yilning

9 oyida fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi 25 ta loyihalarini moliyalaştiriş uçun jami 6,3 milliard söm miqdorida grant mablağlari ajratildi. Bu 2025-yilning 12 oyida ajratilgan 3,4 milliard sömlik mablağga nisbatan qariyb 85 foizga yoki ikki barobarga köpdir.

Loyihalar doirasida mahalliy byudjet ustidan monitoring örnatiş, jurnalistik suriştiruv böyiça amaliy qöllanmalar tayyorlaş, halollik darslari metodologiyasi hamda oçiqlikka oid raqamli platformani işlab çiqiş, qonunçilik xujjatlarini korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş, şaffof mahalla konsepsiyasini yaratiş kabi işlar amalga oşirilmoqda.

NNT vakillarining bilim va amaliy könikmalarini oşiriş maqsadida 2026-yilning töqqiz oyida 20 ga yaqin amaliy maşğulot va seminar-treninglar taşkil etilib, ularda qariyb 400 nafar iştirokçi qamrab olindi. Taqqoslaş uçun: 2025-yilda mazkur yönalişdagi tadbirlarda 135 nafar iştirokçi qatnaşgan.

Özbekistonda ilk bor nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari BMTning Korrupsiyaga qarşi konvensiyasi talablarining bajarilişini monitoring qildilar.

Uşbu taşabbusni rivojlantiriş maqsadida “Korrupsiyaga qarşi fuqarolik taşabbuslari: suriştiruv jurnalistikasi va muqobil monitoring” yönalişida davlat ijtimoiy buyurtmalari eʼlon qilinib, bir qator loyihalar amalga oşirib kelinmoqda.

Joriy yilda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatçilik fikrini örganiş Markazi bilan hamkorlikda “Jamiyat hayoti faoliyatining asosiy sohalarida korrupsiyaning tarqalganlik darajasi va unga qarşi kuraşiş samaradorligining fuqarolar tomonidan baholanişi” mavzusida jamoatçilik fikri sörovlari taşkil etilib, 14 ta hududda, jami 1416 nafar respondent qamrab olindi.

Sohadagi islohotlarning ilmiy asoslarini mustahkamlaş va ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş maqsadida 2021–2026-yillarda korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida himoya qilingan jami 40 ta dissertatsiya işlari tahlil qilindi. Ularning 6 таси fan doktori, 34 таси esa falsafa doktori darajasini oliş uçun tayyorlangan; şuningdek, hozirda 22 ta tadqiqot jarayoni davom etayotgan bölib, mazkur işlarning amaliy samaradorligi örganilmoqda.

Qayd etiş joizki, mazkur ilmiy tadqiqotlar doirasidagi 159 ta ilmiy natija amaliyotga joriy etilgan bölib, şundan 109 таси normativ-huquqiy hujjatlarda, 4 таси innovatsion loyihalarda, 8 таси öquv adabiyotlarida hamda 38 таси boşqa obyektlarda öz aksini topgan.

Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi rolini kuçaytirişda xalqaro hamkorlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, “Özbekistonda davlat boşqaruvini takomillaştiriş – inklyuziv korrupsiyaning oldini oliş” loyihasi doirasida 17 nafar NNT vakili Riga şahrida fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş, jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, NNT sektorini şaffof moliyalaştiriş va raqamli platformalar orqali fuqarolik faolligini oşiriş böyiça Latviya tajribasini örgandi.

Şuningdek, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlar bilan amalga oşirilayotgan loyiha doirasida Transparency International Latvia va Transparency International Kyrgyzstan taşkiloti ekspertlari iştirokida Toşkent şahri, Farğona, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida mahalliy NNT vakillari uçun treninglar taşkil etildi.

Bundan taşqari fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi salohiyatini oşiriş hamda mazkur yönalişda jamoatçilik nazoratini samarali taşkil etiş böyiça könikmalarini rivojlantiriş maqsadida hududlarda “Yozgi maktab” tadbirlari ötkazildi.

Tadbirlar doirasida Respublikaning barça hududlarida faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq NNT vakillari qamrab olindi.

Brifing doirasida OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali kelib tuşgan sörovlar hamda jamoatçilik muhokamasiga sabab bölayotgan ayrim masalalar yuzasidan ham izoh berib ötildi.

Norgul Abduraimova, Özbekiston Milliy axborot agentligi: Korrupsiyaga qarşi kuraşişda NNTlarning iştiroki kengayib borayotganiga guvoh bölyapmiz. Biroq, afsuski, barça NNTlarda ham mazkur soha böyiça yetarli bilim va tajriba mavjud emas. Respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan va uşbu yönalişga qiziqiş bildirgan barça NNTlarni jonli seminarlar orqali öqitiş imkoniyati çeklangan. Mazkur masalani hal etiş böyiça qanday yeçimlar işlab çiqilmoqda?

Javob: Töğri, barça NNTlarni Toşkent şahri yoki viloyat markazlariga yiğib, öqitişni taşkil etiş imkoniyati çeklangan. Biroq çekka hududlarda faoliyat yuritayotgan NNTlarda ham uşbu sohaga qiziqiş va yangi bilimlarni özlaştirişga intiliş yuqori.

Şundan kelib çiqib, Agentlik va Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi hamkorligida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasida NNTlar uçun maxsus öquv kursi işlab çiqildi.

Noyabr oyidan boşlab mazkur kurs böyiça öqitiş yölga qöyiladi. Unda iştirokçilar öz hududidan çiqmagan holda korrupsiyaga qarşi kuraşişga oid bilimlarini oşiriş, amaliy könikmalarini mustahkamlaş hamda özlarini qiziqtirgan savollarga javob oliş imkoniyatiga ega böladi.

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan iştirokçilarga esa maxsus sertifikatlar taqdim etiladi.

Maʼruf Hikmatillayev, Podrobno.uz:

Davlat idoralarida korrupsiyaga qarşi içki nazorat (komplayens) böyiça masʼul rahbar va xodimlarning ayni kunlarda ötkazilayotgan attestatsiyasining dastlabki natijalari qanday?

Javob: Bugungi kunga qadar attestatsiya jarayonlari doirasida 736 nafar talabgorning nazariy bilimlari test sinovlari orqali baholanib, ulardan 526 nafari suhbat bosqiçidan ötkazildi.

Ayni vaqtda attestatsiyaning suhbat bosqiçi tasdiqlangan reja-grafik asosida bosqiçma-bosqiç davom ettirilmoqda.

Yulduzxon Olimova, “Mening yurtim 5” telekanali:

“E-qaror” tizimida hokimliklar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bir qismi hanuzgaça yopiq saqlanayotgani, ayniqsa, mablağ ajratiş bilan boğliq hujjatlar asossiz yaşirilayotgani aniqlanmoqda. Agentlik bu kabi qonunbuzilişlarga yöl qöyayotgan hokimlar va mansabdor şaxslarga nisbatan qanday qatʼiy çoralar körmoqda? Aybdorlar amalda jazolanyaptimi?

Tahlillarga köra, 2026-yilning 9 oyida mahalliy hokimliklar tomonidan jami 128 174 ta hujjat qabul qilingan bölib, şundan 90 859 tasi yoki 71 foizi oçiqlangan, 37,315 tasi yoki 29% “yaşirilgan” yoki XDFU grifi asosida qabul qilingan.

Bö körsatkiç, yopiq hujjatlar kölami ötgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga kamayganini körsatadi.

Agentlik tomonidan “E-qaror” tizimida “yaşirilgan” maqomda qabul qilingan hujjatlar monitoring qilinganida, ularning 771 tasi asossiz yaşirilganligi aniqlanib, ularni oçiqlaş böyiça hokimliklarga 53 ta taqdimnoma kiritilib, mazkur hujjatlarning oçiqlanişi taʼminlandi.

Agentlik taqdimnomalari asosida mazkur hujjatlarni asossiz yaşirgan mansabdor şaxslar va hokimlarga nisbatan xizmat tekşiruvi ötkazilib, natijasi böyiça 3 nafar rahbar xodimlar işdan böşatildi, 2 nafariga “xayfsan” intizomiy jazo çoralari qöllanilib, 96 nafari intizomiy javobgarlikka tortilişi haqida rasman ogohlantirilgan.

Nodir Nortörayev, Tanga.uz:

Joriy yilda Agentlik tomonidan qonunçilik talablariga zid bölgan qança davlat xaridlarining oldi olindi?

Javob: Joriy yil ön oy davomida davlat buyurtmaçilari tomonidan amalga oşirilgan umumiy qiymati qariyb 36,1 mlrd. sömlik 33 ta davlat xaridida qonunbuzilişlar aniqlanib, Agentlikning taqdimnomalari asosida mazkur xaridlarni bekor qiliş orqali xarid jarayonlarining qonunga xilof ravişda davom ettirilişi oldi olindi.

Masalan:

Ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan tanqidiy maqola asosida “Özbekneftgaz” buyurtmaçiligida ötkazilgan jami 4,38 mlrd sömlik 4 ta xarid;

Agentlikka kelib tuşgan murojaat asosida ötkazilgan örganişda “Samarqand Invest Kompaniyasi” AJ buyurtmaçiligida umumiy boşlanğiç qiymati 3,7 mlrd. söm bölgan 2 ta davlat xaridi;

Şuningdek, “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi orqali Bolalarni qöllab-quvvatlaş jamoat fondi buyurtmaçiligidagi byudjet mablağlari hisobidan boşlanğiç qiymati 2,2 mlrd sömlik xaridda qonunbuzilişi holatlari aniqlanib, Agentlikning tegişli körsatmasi asosida uşbu xaridlarning bekor qilinişi taʼminlandi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Öxşaş materiallar