Virtual qabulxona

Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişidagi loyihalari qöllab-quvvatlanmoqda

Asosiy yangiliklar 430 marta körilgan

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlarini boşqariş böyiça Parlament komissiyasining 2026-yil 2-davlat granti tanlovi ğoliblarining röyxati tasdiqlandi.

Ğolib loyihalar orasida korrupsiyaning oldini oliş va aholida halollik madaniyatini şakllantirişga qaratilgan 6 ta loyihaga 540 mln söm ajratildi.

Jamoat fondining “Jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etişga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etiş” mavzusidagi tanlovida bitta yönaliş böyiça uçta loyiha qöllab-quvvatlandi.

Yönaliş nomi: “Maişiy korrupsiya holatlarini keltirib çiqaradigan omillarga nisbatan aholi munosabatini örganiş va “Navoiy tajribasi”ni amalda keng tatbiq qiliş”. Har bir loyihaga 100 mln sömdan ajratildi:

  • “Yangi Sirdaryo va Novaya Sirdarya” gazetalari tahririyati – “Korrupsiyasiz jamiyat sari: maişiy korrupsiya omillarini örganiş va “Navoiy tajribasi”ni ommalaştiriş” loyihasi (6 oy);
  • Yoş yuristlar jamoat birlaşmasi – “Navoiy tajribasi asosida maişiy korrupsiya omillarini örganiş va jamoatçilik monitoringini hududlarda joriy etiş” loyihasi (6 oy);
  • Navoiy viloyat “Noila” ijtimoiy kömak, huquqiy tarğibot va monitoring markazi – “Halol quriliş va halol kommunal xizmat: Navoiy viloyatida maişiy korrupsiyaning oldini oliş va “Navoiy tajribasi”ni amaliyotga joriy etiş” loyihasi (6 oy).

Jamoat fondining hududiy bölinmalari ötkazgan tanlovlarda “Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotining kuşandasidir” şiori ostida tarğibot işlarini olib boriş yönalişi böyiça uçta loyiha ğolib böldi:

  • Buxoro viloyatida tezkor-yangiliklar.uz veb-sayti – “Halollik taraqqiyot poydevori” loyihasi (3 oy, 110 mln söm);
  • Navoiy viloyatida “Mira” soğlom hayot va rivojlaniş markazi – “Halollik sportdan boşlanadi – Navoiy viloyatidagi sport-taʼlim muassasalarida korrupsion xavflarning oldini oliş, şaffoflik va halollik madaniyatini mustahkamlaş” loyihasi (5 oy, 70 mln söm);
  • Namangan viloyatida “Mingbuloq” gazetasi tahririyati – “Jamiyat va korrupsiya” loyihasi (6 oy, 60 mln söm).

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ğolib loyihalarning amalga oşirilişiga amaliy kömaklaşadi va ularning natijalarini kuzatib boradi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati

Öxşaş materiallar