Fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi ijtimoiy buyurtmalar tanlovi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi nodavlat notijorat tashkilotlari uchun “Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari: tarixga nazar” nomli tanlov e’lon qilinadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmoni.
Tanlovga fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yo‘nalish bo'yicha loyihalari qabul qilinadi:
“Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlari: tarixga nazar” nomli nashrni tayyorlash va chop etish:
- So‘nggi yillarda O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan eng muhim huquqiy, institutsional, ma’muriy va raqamli islohotlarni aniqlash, o‘rganish va tizimlashtirish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari, davlat dasturlari va boshqa rasmiy hujjatlarni o‘rganish, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatini sodda va tushunarli shaklda yoritish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar va ularning natijalarini yoritishda rasmiy statistika, milliy ma’ruzalar, ochiq ma’lumotlar, xalqaro tashkilotlar hisobotlari va nufuzli ilmiy-tahliliy tadqiqotlardan foydalanish;
- Islohotlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etgan davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ekspertlar va mutaxassislar bilan intervyu va suhbatlar tashkil etish;
- Kitob mazmunini ilmiy, huquqiy va faktologik ekspertizadan o‘tkazish, unda keltirilgan ma’lumotlar, sanalar, normativ-huquqiy hujjatlar va statistik ko‘rsatkichlarning aniqligi va ishonchliligini tekshirish;
- Kitobni zamonaviy dizayn asosida tayyorlash, uni infografika, fotosuratlar, xronologiyalar, jadvallar va boshqa vizual materiallar bilan boyitish;
- Kitobni adabiy va texnik tahrirdan o‘tkazish, sahifalash va bosmaga tayyorlash;
- Nashrni yuqori poligrafik sifatda 200 nusxada chop etish hamda uni manfaatdor davlat organlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, kutubxonalar, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa maqsadli auditoriya vakillariga tarqatish.
Loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori — 350 000 000 so‘mgacha.
| Nomi | Yuklab olish |
|---|---|
| Tanlov shartlariPDF | Yuklab olish: Tanlov shartlari, PDF |
| Ariza shakliDOCX | Yuklab olish: Ariza shakli, DOCX |
Hujjatlar 2026-yil 3-sentyabrga qadar qabul qilinadi.