Firibgarlardan ogoh bölişga çaqiramiz!
Firibgarlardan ogoh böling!
Sönggi vaqtlarda ayrim mansabdor şaxslar nomidan ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda soxta akkauntlar oçilib, davlat organlari xodimlari hamda fuqarolarga Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi faoliyati bilan boğliq turli mazmundagi xabar, topşiriq va hujjatlar yuborilayotgani kuzatilmoqda.
Şu munosabat bilan quyidagilar maʼlum qilinadi:
Davlat organlari rahbarlari yoki boşqa mansabdor şaxslar, şuningdek, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi nomidan yuborilayotgan turli topşiriqlar, maʼlumot sörovlari, hujjatlar taqdim etiş haqidagi talablar yoki boşqa harakatlarni amalga oşirişga undovçi bunday xabarlar rasmiy murojaat hisoblanmaydi hamda firibgarlik maqsadida yaratilgan soxta akkauntlar orqali tarqatilmoqda.
Agentlik fuqarolar va davlat organlari xodimlarini bunday xabarlarga işonmaslikka, ularda körsatilgan topşiriqlarni bajarmaslikka, yuborilgan hujjatlarga asoslanib heç qanday harakatlarni amalga oşirmaslikka, şubhali akkauntlar bilan muloqotga kirişmaslikka hamda şaxsiy, xizmatga oid maʼlumotlarni uçinçi şaxslarga taqdim etmaslikka çaqiradi.
Şubhali xabarlar, hujjatlar yoki akkauntlarga duç kelsangiz, bu haqda zudlik bilan tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berişingizni söraymiz.arlar yoki akkauntlarga duç kelinganda, bu haqda tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berişingizni söraymiz.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Axborot xizmati