Virtual qabulxona

Favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish choralariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi

Asosiy yangiliklar 1 436 marta körilgan

Mamlakatimiz Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik xodimlari uchun Toshkent shahar Yakkasaroy tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘uloti ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Agentlik xodimlarining yong‘in xavfsizligi masalalarida bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha xabardorligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish yoki havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari tushuntirildi.

Shuningdek, ish joyi hamda xonadondagi elektr, gaz va issiqlik taʼminoti qurilmalarini doimiy nazorat qilib borish va ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, xonani isitishda gaz plitasidan foydalanmaslik, yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik va ularga gaz jihozlaridan foydalanishga ruxsat bermaslik bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

O‘quv mashg‘uloti mobaynida zilzilalarning vujudga kelish mexanizmi va tabiati, bunday favqulodda vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi yuzasidan ham atroflicha maʼlumot berildi.
Korprupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Axborot xizmati

Öxşaş materiallar