Virtual qabulxona

Farg‘ona viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish holati Milliy kengash sayyor majlisida muhokama qilindi

Asosiy yangiliklar 1 617 marta körilgan

Bugun Oltiariq tumanida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari holati bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish yakunlari yuzasidan axborot berdi.

— Joriy yilning 24-28 mart kunlari Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlari, Uchko‘prik, Buvayda, Rishton, Oltiariq tumanlarida sog‘liqni saqlash, bandlik, bank, qurilish, kadastr, maktabgacha va maktab taʼlimi sohalariga oid 40 dan ortiq obyekt va mahallalarda o‘rganishlar olib bordik.

O‘rganishlarimiz mazkur sohalarda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish va bartaraf etish, raqamlashtirish, "inson omili"ni kamaytirish bo‘yicha ko‘plab masalalar eʼtibordan chetda qolayotganini, yechimini kutayotgan va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar mavjudligini ko‘rsatdi. Bularning asosiy sababi mutasaddi rahbarlarning masʼuliyatsizligi va eʼtiborsizligi bilan bog'liq, — deya ta'kidladi Akmal Burxanov.

Masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qatʼiy chora ko‘rish bo‘yicha Milliy kengashga taklif kiritildi.

Qayd etilgan kamchilik va muammolar, ularni samarali hal etish choralari yuzasidan mas'ul rahbarlar tushuntirish berdi.

Yig‘ilishda Oltiariq tumanini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirishga oid alohida amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Milliy kengash masʼul vazirlik, idoralar tomonidan mazkur loyiha doirasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar