Yevropa Kengashi bilan qo‘shma loyihalar doirasidagi hamkorlik sarhisob qilinib, istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi
Joriy yilning 11-12-iyun kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Yevropa Kengashining "Markaziy Osiyoda Qonun ustuvorligi dasturi"ning yakunlovchi mintaqaviy konferensiyasi va mintaqaviy boshqaruv qo‘mitasining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishga Markaziy Osiyoning aksilkorrupsiya idoralari vakillari taklif etilgan bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul xodimi ham bevosita ishtirok etmoqda.
Yig‘ilish doirasida Yevropa Kengashining mintaqaviy boshqaruv qo‘mitasi va Agentlik o‘rtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihasi yakunlari hamda istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati