Dissertatsiya himoyasi jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlayotgan ilmiy kengashlar faoliyati eʼtirof etilmoqda
Prezident Farmoni ijrosi doirasida ilmiy darajalar olish uchun o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasi jarayonlarini Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilayotgan ilmiy kengashlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan alohida eʼtirof etilmoqda.
Xususan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi ilmiy kengashlar dissertatsiya himoyalarini translyatsiya qilishda nafaqat son ko‘rsatkichlariga, balki jarayonlarning jamoatchilik uchun qulay va sifatli tarzda taqdim etilishiga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.

Mazkur faoliyatni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida samarali yo‘lga qo‘ygani uchun ushbu ilmiy kengashlar Agentlik direktorining Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Agentlik tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan ma’lumotlarni Internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish ishlari muntazam davom ettiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati
04.04.2026