Davlat xizmatçisi odob-axloq qoidalarini buzsa, unga qanday çoralar qöllaniladi?
Davlat xizmatçilari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etilmasligi ularga nisbatan axloqiy va intizomiy taʼsir çoralarini qöllaş uçun asos böladi.
Jumladan, Odob-axloq komissiyasi tomonidan quyidagi axloqiy taʼsir çoralari qöllanilişi mumkin:
- ogohlantiriş;
- uzr söraş yoki rasmiy uzrnoma keltirişni talab qiliş;
- kollegial yiğilişlarda tanbeh beriş.
Şuningdek, Odob-axloq komissiyasi davlat xizmatçisiga nisbatan intizomiy çora qöllaş yuzasidan taşkilot rahbariga taqdimnoma kiritişi mumkin.
Agar odob-axloq qoidalari davlat organi yoki taşkiloti rahbari tomonidan buzilsa, tegişli çora köriş masalasi böyiça takliflar yuqori turuvçi organ rahbariga yuboriladi.
Muhim: Davlat xizmatçisining Odob-axloq qoidalarini buzişi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boşqa javobgarlikka tortiş uçun asos böladi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi davlat xizmatçilarining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarining oldini olişga qaratilgan işlarni muvofiqlaştiradi.