Virtual qabulxona

Davlat xizmatchilari uchun manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda

Asosiy yangiliklar 1 654 marta körilgan

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Latviya Transparency International hamkorligida barcha davlat idora va tashkilotlari masʼul xodimlari uchun davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan trening boshlandi.

Tadbir Yevropa Ittifoqi va Germaniya Federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish – inklyuziv korrupsiyaning oldini olish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Maqsad – davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvini samarali aniqlash va oldini olish bo‘yicha davlat xizmatchilarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ilg‘or yutuq va ijobiy tajribalarni ommalashtirishga ko‘maklashishdan iborat.

Treningda xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokchilarga manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik, sohaga oid munosabatlarni tartibga solish, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va aniqlash choralari, bu borada xorijiy amaliyot va tajribadagi samarali mexanizmlar xususida batafsil maʼlumot bermoqda.

Xususan, dastlabki kunda xalqaro ekspert I.Nolle tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi instituti, uning turlari, oqibatlari va javobgarlik masalalarida taqdimot qilindi.

Trening 3 kun onlayn va 2 kun (Toshkent shahrida) offlayn shaklda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Öxşaş materiallar