Virtual qabulxona

Davlat taşkilotida içki nazorat tuzilmasi xodimi böliş uçun qanday talablarga javob beriş kerak?

Asosiy yangiliklar 462 marta körilgan

Içki nazorat tuzilmalaridagi mas’ul lavozimlarga nomzodlar muayyan malaka va iş tajribasiga ega bölişi lozim.

Oliy ma’lumot — yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki axborot texnologiyalari yönalişlaridan biri böyiça;

Iş staji — içki nazorat tuzilmasi boşliği uçun mutaxassisligi böyiça kamida 4 yil, boşqaruv xodimlari uçun esa kamida 3 yil. Bunda komplayens va korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi tajribaga ustuvorlik beriladi;

Maxsus sertifikat — korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi maxsus öquv kurslarini tamomlaganlik töğrisidagi sertifikatga ega böliş. Bunday sertifikatga ega bölgan mutaxassislar Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi yuritadigan içki nazorat tuzilmalariga nomzodlar zaxirasiga kiritiladi.

Davlat organlari va taşkilotlarining içki nazorat tuzilmalari rahbarlari hamda xodimlari Agentlik bilan birgalikda ötkaziladigan oçiq tanlov asosida lavozimga tayinlanadi. Tanlov komissiyasining xulosasi Agentlik bilan kelişiladi.

NomiYuklab oliş
ManbaPDFYuklab oliş: Manba, PDF

Öxşaş materiallar